O’zbekiston Respublikasining Buyuk
Britaniya va Shimoliy Irlandiya
Birlashgan Qirolligidagi Elchixonasi
ENG O’ZB ÐÓÑ















Valyutalar kursi (UZS)   17.05.2012
  CB Buy Sell
GBP 2897.79 2898.00 2941.00
EUR 2456.73 2457.00 2493.00
USD 1832.19 1845.00 1851.00
JPY 224.34 225.00 228.37

Ob-havo (Toshkent) 17.05.2012
Today Fri


Fair, 26 °C
Today:
Mostly, 32°C
Precipitation: 80%
T-Storms
High 26°C
Low 16°C
Sat
Sunny
High 30°C
Low 14°C

Elchining salom suzi

Hurmatli Mehmon,

Sizni O’zbekiston Respublikasining Londondagi elchixonasining yangi Internet sahifasida qutlayman.

Internet sahifamizning ochilishi O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov boshchiligida yurtimizning yangi siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy etishi tubdan yangi bosqichga shaxdam qadamlar bilan chiqayotgan, O’zbekiston va Buyuk Britaniya o’rtasidagi aloqalar esa yangi ijobiy dinamika bilan rivojlanib, bir qancha yonalishlar bo’yicha o’zaro foydali hamkorlik uchun keng imkoniyatlarni yaratib berayotgan davrga to’g’ri kelganligidan Elchihona jamoasi juda mamnun.

Sahifamiz, bizning mamlakatimiz haqidagi bilimni kengaytirish, uning hayotining turli qirralarini ochish, shu jumladan davlat tuzilishi, konstitutsiyaviy asoslari, parlament faoliyati, iqtisodiyot, ilm va ta’limlarning kamol topishi va o’zbek xalqining tarixi hamda o’ziga xos madaniyati to’g’risidagi ma’lumotlarni Internet tarmog’i orqali berishga vosita bo’lishi nazarda tutilgan. O’zbekistondagi muhim voqealar va yurtimizning xalqaro miqyosdagi tashabbuslari vebsaytning “Yangiliklar” hamda “Matbuot Relizlar” bo’limlarida aks ettiriladi. Ushbu bo’limlarga obuna bo’lishiz mumkin.

O’zbekiston-Britaniya aloqalari haqidagi ma’lumotlar muntazam ravishda yangilanib turadi. Ushbu aloqalarning tarixiy ildizlari XV asrdayoq buyuk ajdodlarimiz Amir Temur va Qirol Genri IV o’rtasidagi diplomatik yozishmalarning yo’lga qo’yilganligi hamda ularning o’zaro do’stlik aloqalarining shakllanishi bilan ta’riflanadi. Shubhasiz, hozirgi globallashuvlangan jahonda ushbu ikki mamlakat manfaatlari bir biriga yaqin yoki mos keladi. By esa o’zaro dialog olib borish va harakatlarni birlashtirishni taqazo etadi.

Iqtisodiyotning ahamiyati kuchayib borayotganligini inobatga olgan holda, vebsaytda maxsus “Savdo va Sarmoyalar” bo’limida O’zbekiston iqtisodiyotining erishgan yutuqlari, uning qonunchilik asoslari, hamda sarmoyalar uchun katta imkoniyatlar mavjudligi haqida batafsil ma’lumot bilan muttasil tanishib borishingiz mumkin.

Yurtimizga tashrif buyurayotgan Britaniya fuqarolarining soni 2008 yilda 30%-ga o’sib borayotganligini mamnuniyat bilan qayd etgan holda, vebsaytning “Konsullik bo’limi” va “Turizm” bo’limlaridagi ma’lumotlar ushbu tendentsiyaning davom etishiga yordam beradi, deb umid qilamiz. Britaniyadagi O’zbekiston fuqarolariga har tomonlama yordam berish ham konsullik ishining muhim yo’nalishi bo’lib qolaveradi.

Shuni alohida ta'kidlab o’tamizki, ikkitomonlama hamkorlik yanada rivoj topishida Elchixona bilan chambarchas bog’liq bo'lgan “Britaniya-O’zbekiston Jamiyati” va “O’zbekiston-Britaniya Savdo va Sanoat bo’yicha Kengashi” faoliyati muhim omil bo’ladi.

Umid qilamanki, bizning vebsaytimiz bilan tanishib borish jarayoni sizlarga foydali va qiziqarli bo’ladi, shuningdek O’zbekistonning Birlashgan Qirolligidagi do’stlari doirasini yanada kengaytirish uchun xizmat qiladi.


Hurmat bilan,

Otabek Akbarov
O’zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya
Birlashgan Qirolligidagi Favqulodda va Muhtor Elchisi


London, 2008 yil Noyabr

























Assosiy | Biz bilan bog’lanish | Sayt tuzilmasi | Izlash

© 2008 — 2012. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BUYUK BRITANIYA VA SHIMOLIY IRLANDIYA BIRLASHGAN
QIROLLIGIDAGI ELCHIXONASI
41 Holland Park, London, W11 3RP Telefon: 44 (0) 20 7229 7679; Faks: 44 (0) 20 7229 7029
Barcha huquqlar himoyalangan.